Eronda koronavirusdan vafot etganlar soni 615 kishiga yetdi

Eron Islom Respublikasida yangi koronavirus infetsiyasidan vafot etganlar soni 615 kishiga etdi. Bu haqda bugun, 14-mart kuni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda koronavirusning tarqalishi ko‘lami juda katta. Bugungi kunga qadar mamlakatda 11,3 mingga yaqin kishida ushbu yuqumli kasallik aniqlangan.
Hatto, parlamentning ayrim deputatlari va hukumat a’zolarigacha koronavirus yuqishi holatlari kuzatildi.
Shunga qaramay, Italiya ushbu holatlar bo‘yicha Eronni ham ortda qoldirgan — bugungi kunda Yevropaning ushbu mamlakatida 18 mingga yaqin infeksiya qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter