Eron koronavirus tufayli 85 ming mahbusni ozod qildi
Eron koronavirus tufayli 85 ming nafar mahbusni turmadan ozod qildi, deya xabar berdi Eron sud hokimiyati rasmiy vakili Ismoiliy.
«Bugungi kunda 85 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarildi», — deya Ismoiliyning so‘zlarini keltiradi «Mizam Online» agentligi.
«RIA Novosti»ning yozishicha, koronavirus haqida ilk bor Eron hukumati 19-fevral kuni ma’lum qilgandi. O‘shandan beri koronavirus mamlakatning barcha provinsiyalariga tarqaldi, kasallanganlar soni, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 14 991 kishini tashkil etadi. Ulardan 853 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Qariyb 5 ming kishi sog‘ayib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter