Epidemiyani g‘orda tekinga o‘tkazmoqchi bo‘lgan sayyohlar karantinga joylandi
Hindistonda pul yetishmaganidan koronavirus epidemiyasini g‘orda o‘tkazishga qaror qilgan bir qancha mamlakat fuqarolari karantinga joylandi, deya xabar berdi «Fox News».
To‘rt erkak va ikki ayoldan iborat sayyohlar guruhi martning oxirlarida Hindiston karantinga yopilgandan so‘ng mamlakat shimolida joylashgan Rishikeshdagi g‘orga ko‘chib o‘tishgan. Ular o‘zlarining bu xatti-harakatini mehmonxonada yashash uchun pullari qolmaganligi bilan izohlashgan.
Politsiya ularni topib, mahkamaga olib borishgan.
«Ular o‘tin yoqib ovqat pishirishgan, shu yaqin oradan oqib o‘tuvchi Ganga suvidan foydalanishgan», — dedi inspektor Rajendra Singx Katayt.
Ma’lum bo‘lishicha, sayyohlar Ukraina, AQSh, Turkiya, Fransiya va Nepaldan o‘tgan yili kelishgan. Ular Himolay tog‘lari etagida joylashgan mashhur sayyohlik shahri — Rishikeshdagi kichik mehmonxonalarda yashashgan. Biroq pullari tugab qolgach, g‘orga otlanishgan va u yerda 25 kun qolib ketishgan.
Garchi xorijlik mehmonlarda COVID-19 alomatlari bo‘lmasa-da, karantin markaziga joylangan. U yerda yana 14 kun bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter