Chirchiqda koronavirus yuqtirgan bemor bilan muloqot qilgan 99 kishi karantinda saqlanmoqda (foto)

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan fuqarolar karantinda saqlanmoqda.
Karantindagilarning soni 99 nafar bo‘lib, salomatliklari tunu kun nazorat qilinmoqda.
Hozirga qadar ularda COVID-19 virusi aniqlanmagan.
Shifokorlar binoni tark etmagan holda navbat bilan 24 soat davomida ishlashmoqda.

Nazoratdagi shaxslarga 59 ta tibbiyot xodimi biriktirilgan. Boshqa kasalxonadan qo‘shimcha kuch ham chaqirilgan.
Kasallikda gumon qilinganlar 17-mart sanasidan boshlab shifoxonaga yotqizilishga kirishilgan.
Barchasidan uch sutka davomida koronavirusni aniqlash uchun kerakli tibbiy tahlillar olingan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter