Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kasalxonalardan 227 nafar bemor sog‘ayib chiqdi

Bugun kasalxonalardan 227 nafar bemor sog‘ayib chiqdi

Foto: Xabar.uz

Bundan avval poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar berilgandi.

SSV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, shu soatlarda esa poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida «COVID-19»dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda.

Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatidi – 518 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring