Bugun 6 ta hududda 397 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi

2020-yil 6-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 663 (+76) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent viloyatida hamda 6 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.R. (erkak) vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 279 nafar, Toshkent viloyatida 91 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar hamda Namangan viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 41 277 (+397) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 038 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter