Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birato‘la 4 ta hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Birato‘la 4 ta hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 28-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 720 (+107) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmaliq shahrida yashagan 74 yoshli R.U. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 56 yoshli S.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 673 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 37 873 nafarga (93 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring