Bemorlarning eng ko‘p miqdorda tuzalishi, cheklov, beshinchi o‘lim, 85ta yangi holat: kunning muhim hodisalari
18-aprel kuni koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bir qator muhim hodisalar sodir bo‘ldi.
Bugungi ilk quvonchli xabar Buxorodan bo‘ldi. So‘ng Xorazmdan, Farg‘onadan, Toshkentdan xushxabarlar tarqaldi.
Hatto chiroqchilik 83 yoshli onaxon ham koronavirusni yengdi.
Shu tarzda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda, 38 nafarga yetdi. Umumiy hisobda kasallanganlarning 194 nafari tuzaldi.
Respublika Maxsus komissiyasi xabariga ko‘ra, 2020-yil 20-aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarkalishiga karshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirildi.
Karantin cheklovlari muddati cho‘zildi. Endi nimalarga tayyor turish kerak? Xitoyda uch oydan buyon karantinda o‘tirgan kolumnistimiz o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Kunning qayg‘uli xabari – mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq 5 o‘lim qayd etildi. Toshkentlik 77 yoshli ayol ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, vafot etdi.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 1490 nafarga yetdi. Bir kunda bemorlar soni 85 nafarga ko‘paydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter