Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afsuski, bugun yana... Noxush rekordlar yangilandi

Afsuski, bugun yana... Noxush rekordlar yangilandi

Shu yilning 9-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha noxush rekord yangilandi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatimizda bugun 472 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg‘onistonlik), Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11564 nafar bemordan 7287 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring