2,5 soatda 90 ta namuna. Hindiston Xitoy testidan voz kechib, o‘zinikini yaratdi

Hindiston virusologiya milliy instituti organizmda SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasiga javoban ishlab chiqariluvchi antitanachani aniqlovchi tahlilni ishlab chiqdi.
Mazkur tahlil qon namunalaridagi immunoglobulinni aniqlay oladi.
«Bu Mumbaydagi ikkita joyda sinovdan o‘tdi: juda sezgir va aniq. Uning afzalligi shundakki, 2,5 soatda bir paytning o‘zida 90 ta namunani aniqlab beradi. Bu tibbiyot xodimlariga bemorlarni ajratib olishda tezda chora ko‘rishga imkon beradi», — deb yozgan sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan «Twitter»da.
Uning qo‘shimcha qilishicha, testlarni ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi farmatsevtika kompaniyalariga topshirilgan, dorilarni nazorat qilish bosh boshqarmasi esa kompaniyalarga ularni ishlab chiqarishga ruxsat berdi.
Hindiston hukumati koronavirusga antitanachalarni aniqlovchi Xitoy testlaridan voz kechdi. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, testlar ular kutgan natijani bermagan. Xitoy esa buni rad etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 67,1 ming kishidan oshdi. 20,9 ming kishi tuzaldi, 2 206 ming kishi vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter