Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020. Uels – Shveysariya bahsida g‘olib aniqlanmadi

Yevro-2020. Uels – Shveysariya bahsida g‘olib aniqlanmadi

Yevro-2020 musobaqasining «A» guruhida ikkinchi uchrashuv o‘tkazildi.

Boku shahrida o‘tkazilgan o‘yinda Uels hamda Shveysariya termalari bahs olib borishdi.

Uchrashuvda gollar kiritilgan bo‘lsa-da, g‘olib aniqlanmadi.

Uels – Shveysariya 1:1

Gollar: 0:1 – 49 Embolo, 1:1 – 74 Mur.

Uels – Uord, Roberts, Rodon, Devis, Mifem, Morrell, Remzi, Beyl, Allen, Jeyms (Bruks, 75), Mur.

Shveysariya – Zommer, Rodriges, Sher, Elvedi, Mbabu, Jaka, Froyler, Shakiri (Zakariya, 66), Akandji, Seferovich (Gavranovich, 84), Embolo.

«A» guruhi 1-turidan keyin Italiya 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Uels va Shveysariya 2-3-o‘rinlarni band qilib turibdi. Turkiya esa hozircha so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring