Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zomin»da dor yo‘li ochildi

«Zomin»da dor yo‘li ochildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi «Zomin» sayyohlik-rekreatsion zonasida 25 avgust kuni dor yo‘li ishga tushdi. 133,3 milliard so‘mlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi, deb xabar qildi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, dor yo‘lining uzunligi 2102 metr bo‘lib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat ko‘rsatishga qodir.

Quyi stansiyaning balandligi dengiz sathidan 1961,1 metr, yuqori stansiyasi 2490,6 metr (balandlik farqi 529,5 metr). 11-minoraning balandligi 35 metr bo‘lib, 8- va 9-ustunlar orasidagi eng katta masofa 615 metrdan iborat.

Yo‘lning eng katta qiyaligi 42 gradus. Maksimal harakat tezligi sekundiga 6 metr. Harakat paytida kabinalar orasidagi masofa 141 metrni tashkil qiladi. 36 zamonaviy kabina sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.

«Zomin» zonasida umumiy qiymati 456 milliard so‘mlik to‘rtta loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Bular ko‘p qavatli avtoturargoh, restoran, osma ko‘priklar va sog‘lomlashtirish markazi loyihalari, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring