Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilzilada vafot etgani aytilgan vatandoshimiz tirik ekan

Zilzilada vafot etgani aytilgan vatandoshimiz tirik ekan

Turkiyadagi zilzilada vafot etgani aytilgan vatandoshimiz tirik ekan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar tomonidan O‘zbekiston fuqarosi — Namangan viloyatida doimiy yashab kelgan, 1975-yilda tug‘ilgan Shohista Niyozova Turkiyadagi zilzila oqibatida, qulagan bino ichida vafot etganligi to‘g‘risida xabarlar tarqatilgan.

Ushbu xabar asosida Bosh konsulxona Shohista Niyozovani qidirib topgan. U shifoxonaga olib borilib, ko‘rikdan o‘tkazilgan. Zarur tibbiy muolaja ko‘rsatilgan, hozirda uning sog‘lig‘i qoniqarli ahvolda, deyiladi xabarda.

Shohista Niyozovani qisqa muddatlarda O‘zbekistonga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring