Ơzbekistonda bolalarni migratsiya ta'siridan himoyalash bơyicha loyiha ishga tushdi
Ơzbekiston Xotin-qizlar qơmitasi va UNICEF tashkiloti Yevropa Ittifoqi kơmagida migratsiya ta'siridan bolalarni himoyalash bơyicha loyihani ishga tushirdi. Ushbu loyiha Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi sakkizta mamlakatida, jumladan Ơzbekistonda amalga oshiriladi.
2020 yilning oxirigacha tơrtta viloyatda – Buxoro, Farg’ona, Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida mazkur loyiha bơyicha tadbirlar olib boriladi. Bunday oilalar va bolalarga vasiylik va homiylik organlari, Xotin-qizlar qơmitasi, oilaviy markazlar va nohukumat tashkilotlari, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bơlinmalari tomonidan viloyat va tuman darajasida yordam kơrsatiladi.
Ushbu idoralarning migratsiya ta'sir kơrsatgan oilalarga sifatli ijtimoiy xizmatlar kơrsatish sohasidagi salohiyatini oshirish, shuningdek bolalarni himoya qilish tizimidan foydalanishni yaxshilash maqsadida Xotin-qizlar qơmitasi va UNICEF yaqindan hamkorlik qiladilar. Ushbu loyiha doirasida muhojirlarning oilalari va farzandlarining ehtiyojlarini aniqlashga yơnaltirilgan tadqiqot ơtkaziladi.
«UNICEFning hisobotiga kơra, dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan migratsiya ta'sir kơrsatgan bolalarning eng katta ulushi Osiyoga tơg’ri keladi,»- dedi Sasha Graumann, UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari. «Evropa Ittifoqi kơmagida UNICEF muhojir ota-onalari tomonidan tashlab ketilgan bolalar hamda tranzit jarayonidagi bolalarning yanada yaxshi himoyasini ta'minlashni maqsad qilib olgan. Umid qilamizki, Hukumat va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi xatti-harakatlari Ơzbekistonda bolalarga vasiylik qilish tizimini takomillashtirishga ơz hissasini qơshadi. Bunga bolalarni zơravonlik va kspluatasi dan himo lash, sog’liqni saqlash va ta'lim singari asosiy xizmatlardan foydalanish imkoni tini, shuningdek ularning qonuniy maqomini ta'minlash kiradi».
«Biz birgalikda muhojirlar oilalarining bolalarini e'tiborga oladigan bola himoyasi bơyicha barqaror siyosatni ta'minlashimizga ishonamiz»-dedi Ơzbekiston Bosh vaziri ơrinbosari, Xotin-qizlar qơmitasi raisi Tanzila Narbaeva,- «Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish BMTning Bola huquqlari bơyicha qơmitasining tavsiyalarini bajarishga imkon beradi hamda Ơzbekistonda Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaning bajarilishini tashkil etish masalalari bơyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash ishining samarali bơlishiga kơmaklashadi»- deb qơshimcha qildi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter