Zarafshon shahri kengaytirilib, yangi «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi
Navoiy viloyatida yangi uy-joylar qurish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimi v.b Normat Tursunov tomonidan ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra:
- Navoiy shahrida yangi massiv barpo etilib, 4 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy ob’yektlar barpo etiladi;
- Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qo‘shimcha 30 ming aholi yashashi uchun, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan, «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi;
- Karmana tumanida «Bag‘dod tajribasi» asosida uy-joylar, ishlab chiqarish, sanoat va ijtimoiy infrastruktura ob’yektlarini o‘z ichiga olgan Yangi O‘zbekiston massivlari barpo etiladi;
- Qurilish uchun infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari qulay joylashganligini hisobga olgan holda viloyatning Karmana tumani «Do‘stlik» MFY hududidan 21 gektar hamda Qiziltepa tumanining «Malikobod» MFY hududidan 20 gektar jami 41 gektar yer maydoni tanlab olingan.
AOKA tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillari Navoiy viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter