Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaharli ilonlarning fanga noma’lum turi topildi

Zaharli ilonlarning fanga noma’lum turi topildi

Avstraliyalik tadqiqotchilar guruhi zaharli ilonning yangi turini topdi, deb yozadi Daily Mail. Bu sudralib yuruvchilar materikning markaziy qismidagi cho‘l hududlarida yashaydi.

Zaharli sudraluvchining yangi turiga cho‘l iloni Demansia Cyanochasma — ilmiy nomi berildi. O‘nlab yillar davomida bu tur ilonlar boshqalarining qarindoshi sifatida tasniflangan, ammo so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu hali o‘zi alohida tur.

Adelaida universiteti genetiki Jeyms Nankivell boshchiligidagi guruh tadqiqotchilar Mark Xatchinson, Bred Marian va Brayan Bush bilan birgalikda ilonlardan olingan to‘qimalar namunalarida topilgan noyob genetik farqlarni aniqladi va bu ularning ijobiy identifikatsiyasiga olib keldi.

Demansia Cyanochasma zaharli bo‘lishiga qaramay, odamlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi va asosan kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

«Ular uzunligi taxminan 70 santimetrgacha o‘sadi va juda nozik, ularning boshi juda kichik va tishlari juda qisqa», deb izoh berdi Xatchinson.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring