YuNISEF ijrochi direktori iste’foga chiqish sababini aytdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xakning so‘zlariga ko‘ra, BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) ijrochi direktori Genriyetta For iste’foga chiqishga qaror qilgan.
«YuNISEF ijrochi direktori Genriyetta For BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshga o‘zini oila sog‘lig‘iga bag‘ishlash uchun iste’foga chiqish niyati borligini ma’lum qildi. Bosh kotib uning qarorini to‘g‘ri tushunib, afsus bilan qabul qildi», — dedi Xak matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Bosh kotibi Fordan butun dunyodagi bolalar hayotini yaxshilashga qaratilgan xizmati uchun minnatdor.
Genriyetta For 2018-yil 1-yanvardan buyon YuNISEF ijrochi direktori hisoblanadi. Xakning so‘zlariga ko‘ra, For yangi direktor tayinlangunga qadar o‘z lavozimida qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter