Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ishlari agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Yoshlar ishlari agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

«Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-747-son, 25.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy bo‘linmalarini voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.

Qonun bilan Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining quyidagilar bo‘yicha ham o‘z vakolatlarini amalga oshirishi belgilandi:

  • voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi;
  • bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.

Qonun bilan Agentlik yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi ko‘rsatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring