Yo‘llardan foydalanish muassasasi mas’ullari javobgarlikka tortildi

Tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan «Sharof Rashidov tuman yo‘llardan foydalanish» davlat muassasasida tekshiruv o‘tkazildi.
Davlat nazorati davomida davlat muassasasida foydalanilayotgan 25 ta texnika va o‘lchash vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 25 dona (100%) o‘lchash vositalarining belgilangan metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagani aniqlangan.
Mazkur holat «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasi talablari buzilganligini ko‘rsatadi. Ushbu modda metrologik tekshiruvlardan o‘tgan o‘lchash vositalaridan foydalanishni majburiy deb belgilaydi.
Ma’lumot uchun: O‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va belgilangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vositasi hisoblanadi. Metrologik tekshiruv — o‘lchash vositasining texnik va amaliy jihatdan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayonidir.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, davlat muassasasi mas’ullari tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgani uchun ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter