Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yig‘layotgan bolani yupatishning eng oson yo‘llari

Yig‘layotgan bolani yupatishning eng oson yo‘llari

Yosh bolaning «namunali chiqishlari»dan, hatto eng sabrli ota-onalar ham charchaydi. Bizning g‘oyalarimizdan foydalaning – mana ko‘rasiz, vaqt o‘tishi bilan bola vazminligingizni ko‘rib, tomosha ko‘rsatishdan to‘xtaydi.

Ko‘z yoshlarini chiniqtiramiz

Bola yig‘layaptimi? Unga xalal bermang va to‘xtatishga urinmang: jarayonni qiyinlashtirib yuborasiz. Masalan, undan past ovozda yig‘lashni iltimos qiling (aks holda, «qo‘shnilar yugurib keladi», «mushuk qo‘rqadi»). Go‘dakni chalg‘itish uchun shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishingiz mumkin. Va bola vazifani bajarishga harakat qilguncha, jazavasi ham tamom bo‘ladi.

«Kim bu?»

Uyda ham, ko‘chada ham bir xilda ijobiy samara beruvchi universal usul. Bola endigina yig‘lashmoqchi bo‘lganida mushuknikidek yoki qushlardek ovoz chiqaring. «Kim bu? Uni izlaymizmi?» deb ayting va izlashga kirishing.

Diqqatni narsalarga qaratish

Bola yig‘layotganda ma’lumotlarni qabul qilishning asosiy yo‘llarini qo‘llab, diqqatini chalg‘itish kerak. Eng oddiysi – nigohni qo‘llash: «Qara, anovi uzoqdagi katta yashil narsa nima? E-e-e, qor ustidagi bu izlar kimniki? Qara, yulduz uchgandek bo‘ldi...» Bu vaziyatda ko‘zingiz nimaga tushsa, o‘sha narsani qo‘llashingiz kerak.

«Razvedkachilar»

Bolaning eshitish qobiliyatini qo‘llab ko‘rish ham mumkin. Uning diqqatini boshqa tovushlarga qaratishga harakat qiling: «Eshityapsanmi, qushlar gaplashayotganga o‘xshaydi. Jim, kimdir taqillatyapti, balki Qorbobodir?..» Bu yo‘nalishda cheksiz xayolparastlikka berilish mumkin!

Kichkinalardek...

Bolalik xarxashasi paytlarida bolaga qiziqtiruvchi ovozda, lekin mehribonlik bilan ayting: «Endi sen chaqaloq bo‘lasan, maylimi?» Va u bu nimani bildirishini anglaguncha, ko‘z yoshlariga qarshi «dastur»ingizni boshlang. Farzandingizga xuddi chaqaloqdek muomalada bo‘ling: uni yo‘rgaklayotgandek qilib ko‘rsating, «Kichkitoyim» deb erkalang, boshini silang. Mana ko‘rasiz, ikkalangiz ham xursand bo‘lasizlar.

Detstrana.ru sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring