Yaqin kunlarda ob-havo qanday o‘zgaradi? Meteorologlar prognozi
Kelayotgan hafta boshlarida O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, dushanba-chorshanba kunduz kunlari joylarda havo harorati +20 +25 daraja, voha va janubiy viloyatlarda +28 darajagacha iliq harorat kutiladi.
Kechalari +5 +10 daraja, voha va janub viloyatlarida +12 darajagacha iliq harorat bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
13-15 mart kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11-12 mart kunlari respublika hududlarida kuchli yomg‘ir kuzatilib, sel kelishi ehtimoli xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter