Yapon bog‘ida daraxtlarni pasportlashtirish ishlari olib borilmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent shahridagi «Yapon bog‘i» hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Raqamlashtirish jarayonida jami 582 tup mevali va manzarali daraxtning pasport ma’lumotlari shakllantirilib, unda daraxtning ekilgan sanasi, turi, geolokatsiyasi, aylanasi, balandligi va tasviri ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish darajasini yanada oshirish va «Yashil Makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Ekologiya Toshkent shahridagi daraxtlarni pasportlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter