Yangiyo‘llik qassobning qayg‘usi yog‘damas hozir...
![Yangiyo‘llik qassobning qayg‘usi yog‘damas hozir...](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2577574732.jpg)
Qassobga yog‘ qayg‘usi, echkiga jon qayg‘usi, dermidi? Bo‘lsa bordir. Biroq shu kunlarda ayrim qassoblar yog‘ debgina qayg‘u chekayotgani yo‘q. Yangiyo‘llik qassob A. Sh. ham. U o‘ziga qarashli go‘sht do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan ekan deng. Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan doimiy tadbirlarning birida qassobning siri fosh bo‘lib qolmadimi?! Hisob-kitob qilingandiki, ta’minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori 33 million so‘mni tashkil qildi.
Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, huquqbuzarga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi uchun o‘ttiz kunlik muddat berildi. Muhlatdan foydalanib qolsa, o‘ziga yaxshi. Aks holda jabrniyam o‘zi tortadi.
Boshqa yo‘l yo‘q...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter