Yangiyo‘lda chiqindi tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotgan fuqaroga chora ko‘rildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Yangibog‘ MFY hududida fuqaro F.S. davlat raqami «10 C 335 BA» bo‘lgan «DAMAS» rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-1-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
«Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindi o‘zi tozaladi va 1 650 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter