Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yilning birinchi sutkasida tug‘ilish bo‘yicha rekord qayd etildi

Yangi yilning birinchi sutkasida tug‘ilish bo‘yicha rekord qayd etildi

Avval xabar berilganidek, 2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1448 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yangi yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ma’lumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda esa 1644 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

2022 yilning 1 yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ildi.

Shuningdek:

  • ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati (239 nafar),
  • uchinchi o‘rinda Namangan viloyati (218 nafar),
  • to‘rtinchi o‘rinda Surxondaryo viloyati (213 nafar chaqaloq) qayd etildi.

Qolaversa, shu kuni tug‘ilish ko‘rsatkichi bo‘yicha:

5-o‘rinni Qashqadaryo viloyati (210 nafar),

6-o‘rinni Andijon viloyati (197 nafar),

7-o‘rinni Toshkent shahri (177 nafar),

8-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (156 nafar),

9-o‘rinni Toshkent viloyati (155 nafar),

10-o‘rinni Xorazm viloyati (115 nafar),

11-o‘rinni Buxoro viloyati (113 nafar),

12-o‘rinni Jizzax viloyati (102 nafar),

13-o‘rinni Navoiy viloyati (90 nafar),

14-o‘rinni Sirdaryo viloyati (61 nafar) band etdi.

Dunyoga kelgan bolalarning 12 tasini ikki homilali, 1 tasini to‘rt homilali egizaklar (jami 28 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring