Yangi yilda zaharlanish oson bo‘lgan mahsulotlar bilan tanishing

Yangi yil kechasi dasturxoningizni turli noz-ne’matlar, shirin taomlar bezaydi. Biroq stolingiz ustida turgan mahsulotlarning ayrimlari oshqozon og‘rishiga va hatto uning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Darrov xayolingizga mayonez va shu kabi narsalar kelgan bo‘lsa, aytib qo‘yaylik, zaharlanishingizga oddiy kartoshka ham sabab bo‘lishi mumkin. E’tiboringizga oshqozoningiz zaharlanishi mumkin bo‘lgan mahsulot nomlarini taqdim etamiz.
1. Kartoshka. Sababi u hamma patogen mikroblarni o‘ziga so‘rib oladi. Ayniqsa, kartoshka solingan salatlardan biroz ehtiyot bo‘ling.
2. Kolbasa. Yangi yilda olive salat qilish urfga aylangan. Shu bois, mazkur salatga kolbasa solayotganingizda biroz ehtiyot bo‘ling. Unda yashirin yog‘lar bo‘lgani bois, ortiqcha vazn to‘plashingizga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim kolbasalarga kraxmal, soya, biriktiruvchi to‘qima va shunga o‘xshash narsalar ham qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.
3. Qora zaytun. Aniqlanishicha, hali pishib ulgurmagan zaytunlarni temir glyukonatli qora bo‘yoqqa bo‘yashar ekan. Bu esa tanadagi temirning ortishiga sabab bo‘ladi.
4. Pishloq. Hayron qolyapsizmi? Xuddi shunday, noto‘g‘ri tanlangan pishloq ham oshqozoningizga zarar yetkazishi hech gap emas.
5. Muzqaymoq. Yoyog‘li, shirin va muzday, shunday emasmi? Ammo e’tiborli bo‘ling! Yangi yildagi taomlar juda yog‘li bo‘lsa, muzqaymoq yeyish unchalik yaxshi g‘oya emas. Oshqozon va jigaringiz bu bilan kurasha olmasligi mumkin.
6. Dudlangan mahsulotlar. Unda kanserogen va konservant haddan ortiq ko‘p bo‘lishi mumkin.
7. Tuxum. Yangi yilda ko‘pgina taom va pishiriqlarni tuxum mahsulotisiz tayyorlab bo‘lmaydi. Shu bois, ularni ishlatishdan avval, yaxshilab sovun bilan yuving. Ayniqsa, o‘rdak va g‘ozning tuxumlaridan narsa tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, hushyorroq bo‘lganingiz ma’qul.
Shuningdek, pomidor, ko‘katlar va ichimliklarni me’yorda iste’mol qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan tanlash oshqozoningizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Imkon qadar yangi yilda dasturxoningizga qo‘yiladigan har bir mahsulotga e’tiborli bo‘ling va albatta, ularni oz-ozdan iste’mol qilishni unutmang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter