Yangi yilda ketma-ket besh kun dam berilishi kutilmoqda

«2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Unda 2022-yil 3-yanvar — dushanba, 4-yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda.
Bu haqda «Mehnat huquqi kanali yozgan.
Farmon qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.
Xususan:
2021-yil 31-dekabr (juma) – 2021-yil 10-maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
2022-yil 1-yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);
2022-yil 2-yanvar — yakshanba dam olish kuni;
2022-yil 3-yanvar (dushanba) va 4-yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter