Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqda ma’lumot berib o‘tdi.
2017-yildan boshlab dam olish kunlarini tartibga solish an’anasi boshlangandi. Natijada o‘tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olishgan edi.
Joriy yilgi tartibga ko‘ra, oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo‘lmaydi, 3 kun ketma-ket bo‘ladi xolos.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
31-dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
2-yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
Izoh: 28-dekabr (shanba) hamda 4-yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
2-yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
Izoh: 30 va 31-dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter