Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Ombudsman. Og‘ir sharoitda yashovchi 13 ta oilaga uy-joy berilishiga erishdi

Yana Ombudsman. Og‘ir sharoitda yashovchi 13 ta oilaga uy-joy berilishiga erishdi

Foto: «Ombudsmanuz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuhra Reymova Nukus shahridagi bir nechta mahallalarni aylandi. Doimiy ravishda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolar muammolarini o‘rganish davomida Mintaqaviy vakil mahalla binosida yashab kelayotgan ayol murojaatini eshitdi, deya xabar beradi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, ushbu oila istiqomat qilayotgan bino yashash uchun mo‘ljallanmagan noturar joy hisoblanadi. Qolaversa, ayolning sog‘lig‘i kundan-kun yomonlashib, vaqtida davolanishga qo‘li kaltalik qilgani sabab hozirda og‘ir xastalik tufayli to‘shakka mixlanib qolgan.

Murojaatni nazoratiga olgan Zuxra Reymova dastlab, xasta ayolni shahar shifoxonasining kardiologiya bo‘limiga joylashtirib, uning sog‘lig‘i malakali tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olinishini ta’minladi, mahallalarni aylanish davomida nochor ahvolda yashayotgan yana 12 ta oila xonadonida bo‘lib, ularning ham murojaatlarini qabul qildi. Zuhra Reymova suhbatlashgan fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, ular ko‘p marotaba tegishli davlat hokimiyati va idoralarga murojaat qilishgan bo‘lsa-da, ular e’tiborsiz qoldirilavergan. Achinarlisi, ushbu oilalar orasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham mavjud. Mintaqaviy vakil mazkur murojaatlarni o‘z nazoratiga olgach, ushbu oilalarga mahalliy hokimiyat hisobida turgan uy-joylar ajratildi. Hozirda 13 ta oilaning barchasi yangi uylarga ko‘chib o‘tishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring