Yana bir davlat O‘zbekiston uchun vizasiz tartibni joriy qildi
Mo‘g‘uliston O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartibni joriy qildi.
Bu haqda O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin ma’lum qildi.
Shu tariqa O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz davlatlar soni bittaga ko‘paydi. Bunday davlatlar soni shu vaqtga qadar 57tani tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter