Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Foto: «instahu.com»

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish bo‘yicha Xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘magidagi komissiya tashkil etiladi.

Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • mamlakatda gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ayollarning gender tengligi buzilishiga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish;
  • kasbiy segregatsiya, ish haqi o‘rtasidagi farq, aholining iqtisodiy faol qatlami orasida ayollarning ulushini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash va samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda keng qamrovli targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi «Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

  • gender tenglik tushunchasi va turlari;
  • vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
  • davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollash, kredit olish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlashga oid normalar;
  • gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek bunday buzilishga olib keladigan qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;

b) quyidagilarni nazarda tutuvchi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

  • maishiy, ish joyidagi va ta’lim muassasalaridagi tazyiq va zo‘ravonliklar turlari;
  • vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
  • tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
  • sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor bo‘lgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender ko‘rsatkichlar va boshqa ma’lumotlar «gender.stat.uz» veb-saytiga joylashtirililadi va ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring