Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga sarflanayotgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot berdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga sarflanayotgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto:«Xabar.uz»

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning yanvar oyida respublikamiz bo‘yicha 564 nafar tadbirkor bo‘lish istagidagi xotin-qizlarga 9,4 mlrd. so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Natijada 888 ta yangi ish o‘rni yaratildi va 773 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.

Ayollarni oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida Xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomalari asosida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 100 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring