Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda ichimlik suvi narxi oshirildi

Xorazmda ichimlik suvi narxi oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi tomonidan 2021-yil 29-martdagi 25-113-sonli qaroriga asosan ichimlik va oqova suv xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2021-yil 18-apreldan boshlab aholi iste’molchilari uchun belgilangan tarif narxi:

  • 1 m3 ichimlik suv – 1 500 so‘m

  • 1 m3 oqava suv qabul xizmati – 800 so‘m

Budjet va ulgurji tashkilotlar belgilangan tarif narxi:

  • 1 m3 ichimlik suv – 3507 so‘m 50 tiyin

  • 1 m3 oqava suv qabul xizmati – 1495 so‘m

Texnik suv aholiga – 550 so‘m; ulgurji iste’molchilarga – 632 so‘m 50 tiyin.

Tariflar qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan ko‘rsatilgan.

Xorazm viloyati hokimining 2019-yil 5-apreldagi qaroriga asosan ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflariga qo‘shimcha maxsus ustama haq miqdori 50 so‘m qilib belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring