Xiva shahri va uning atrofi tabiiy gaz ta’minotisiz qoldi

2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida «Xiva-2» gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun soat 08.00 dan 18.00 gacha Xiva shahrining barcha mahallalari va Xiva tumanining Doston, Gulshan, Avaz Dunak, Pola Sulton, Pona Maqsim, Otajon To‘ra, Gandimiyon mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter