Xiva hokimi Temur Davletov jarimaga tortildi
Xiva shahar hokimi Davletov Temur Ismoilovich «ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» sababli intizomiy jazoga tortildi. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 12 noyabr kuni tegishli farmoyishga imzo chekdi.
Temur Davletov Mehnat kodeksining 181 moddasi 2 bandiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Temur Davletov mazkur lavozimga 2020 yilning dekabrida tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter