Xitoyda pensionerlar soni 241 million kishiga yetdi
Mamlakatda 2017-yil oxiriga kelib 60 yoshga kirganlar soni 241 milliontaga yetib, jami aholining 17,3 foizini tashkil qilgani haqida «Sinxua» agentligi xabar tarqatdi. Bu ma’lumot Butunxitoy keksalar bilan ishlash qo‘mitasi devonidan olingan.
Devon rahbari o‘rinbosari U Yuyshaoning so‘zlariga qaraganda, 60 yoshdan oshgan aholisi 10 foizga teng jamiyatni «qariyotgan jamiyat» deb tasniflash mumkin.
Xitoy ilk bora «qariyotgan jamiyat»ga aylangan 1999-yildan keyin 60 yoshdan katta aholining sof o‘sishi 110 million nafar bo‘lgan. «Hisob-kitoblarga ko‘ra keksa insonlar soni 2050 yili eng yuqori darajaga yetib, 487 million kishi yoki jami aholining 34,9 foizini tashkil etadi», — deydi U Yuyshao.
Solishtirish uchun: xitoylik pensionerlar soni Pokiston (210 mln.) yoki Braziliya (208,7 mln.) aholisidan ko‘p, Turkiya aholisi(80,8 mln.)dan uch karra, O‘zbekiston aholisi(32,5 mln.)dan 7,4 baravar ziyod.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter