Xayriyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar «O‘zekspomarkaz»ga har kuni kelishi mumkin
Butun mamlakatimiz uchun mushkul bo‘lgan ayni kunlarda, O‘zbekiston fuqarolari murakkab vaziyatda qiynalayotgan boshqa yurtdoshlarimizga yordam berish istagida birlashdilar.
Har kuni o‘nlab tashkilotlar oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va dori-darmonlarni xarid qilib, Yagona muvofiqlashtirish markaziga yetkazayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Umumiy savob ishda ishtirok etish niyatida bo‘lganlardan yangi takliflar kelib tushishda davom etmoqda.
Xayriya faoliyatida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar «O‘zekspomarkaz»ning birinchi paviloniga har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha kelishlari mumkin.
Xalqimiz azaldan saxovati va rahm-shafqati bilan ajralib turgan, bu ayniqsa, sinovli kunlarda namoyon bo‘lmoqda. Hammamiz birgalikda yurtimizga kelgan ushbu baloni yengamiz va barcha ko‘mak berayotganlarga minnatdorlik bildiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter