Xavfli saratonning erta belgisi aniqlandi
AQShda Mayo klinikasi gastroenterologi Maykl Uolles odatda sezdirmasdan rivojlanib, kasallikka tashxis qo‘yilgunga qadar metastaz bera boshlaydigan oshqozonosti bezidagi o‘ta xavfli saratonning erta alomatini ma’lum qildi. Bu haqda «MedicalXpress» press-relizida xabar berilgan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qandli diabet xavotirli belgi hisoblanadi. U tana vazni me’yorda yoki kam bo‘lganda, shuningdek, saraton kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan kishilarda, masalan, keksalarda yoki tamaki iste’mol qiluvchilarda kuzatiladi.
Bundan tashqari, oxirgi paytlarda oshqozonosti bezi saratonini erta aniqlash va davolashning yangi usullari paydo bo‘ldi. MRT yordamida o‘smaning rivojlanish ehtimolini oshiruvchi a’zoning ichidagi kistaning suyuqlikka to‘lganini aniqlash mumkin. Shuningdek, saraton markerini aniqlash uchun bez ishlab chiqaradigan hazm qiluvchi shiradan yoki axlatdan namuna olsa bo‘ladi.
Ingichka ignali biopsiya o‘simta hujayralarida genetik ketma-ketlikni o‘rganish hamda boshqa usullar yordam bermagan taqdirda o‘simtani davolashga qaratilgan yaxshiroq dorini aniqlash uchun zararli to‘qimadan yetarlicha biologik material olish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter