Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli kasallik - vabo! Sanepidxizmat bayonot berdi

Xavfli kasallik - vabo! Sanepidxizmat bayonot berdi

Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ikki viloyatida bir kunda 40 ga yaqin odam vabodan vafot etganligi haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

JSST tomonidan yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan xech qanday rasmiy xabar berilmagan.

Sanepidxizmat matbuot xizmati ushbu kasallik bilan bog‘liq ma’lumot va ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha bayonot berdi.

Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.

O‘zbekistonda ayni damda ushbu kasallik qayd etilmagan. 

Respublikasida vabo kasalligini tarqalishini va kelib chiqishini oldini olish yuzasidan quyidagi choralar ko‘rilmoqda:

Kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida, respublika bo‘yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya – karantin punktlari (keyingi o‘rinlarda – SKP deb yuritiladi) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yo‘llarida, 11 tasi Halqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yo‘l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yo‘lovchilarni tibbiy – sanitariya ko‘rigini yaxshilash maqsadida barcha Xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo‘llarda joylashgan yo‘lovchi o‘tish oqimi yuqori bo‘lgan SKPlar zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha ta’minlangan.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratatsiya punktlarida o‘tkir diareyaga chalingan bemorlarni Sog‘liqni Saqlash Vazirining amaldagi buyruqlari talablari asosida vaboga tekshirilishi tashkil etilgan.

Kasallikning mavsumida har bemorlar yuzasidan chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda;

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari vabo kasalligini tashhisoti bo‘yicha kerakli jihozlar, reaktivlar va ozuqa muhitlari bilan yetarli miqdorda ta’minlangan;

Laboratoriya mutaxassislarini qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan;

Kasallik mavsumida har hafta ochiq suv xavzalaridan namunlar olib, vabo chaqiruvchilariga tekshirilishi amalga oshirib kelinmoqda (NAG va AG vibrionlarga);

Kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari zaxirasi tashkil etilgan;

Vabo kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zaxirasini yaratilgan;

Davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qo‘shni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati kuchaytirildi;

Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida sanitariya – targ‘ibot ishlarini kuchaytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring