Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch va Nukusda ekologik harakat (video)

Urganch va Nukusda ekologik harakat (video)

Urganch shahri va shaharning markaziy istirohat bog‘iga 100 tup gujum ko‘chati ekildi.

«Ucell-Urganch» xodimlari ushbu ekologik harakatda ishtirok etganidan xursand va shaharga eng go‘zal mahalliy daraxtning 100 tup ko‘chatlarini sovg‘a qilishdi.

Alina Aliyeva, «Ucell-Urganch»:

— Urganch shahrini obodonlashtirishga ko‘maklashish, ekologik aksiyada ishtirok etganimizdan juda xursandmiz. Markaziy bog‘imiz 100 tup daraxt bilan boyidi. Yurtimizning yanada yashil bo‘lishiga yordam beraylik, ekologiyani qo‘llab-quvvatlaylik.

***

Ikki yil davomida Ucell xodimlari Toshkent, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch shaharlari va Toshkent viloyati obodonlashtirish boshqarmalari ko‘magida 4000 ga yaqin (aniqrog‘i, 3742 ta, shundan 105+145=250 ta «Yashil shahar» harakati bilan hamkorlikda) kashtan, klyon, chinor, pavlovniya, lankaran akatsiyasi, qarag‘ay, hind sireni, eldar qarag‘ayi va ispan draki ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

Yaqinda Urganch, Nukus, Buxoro va Samarqandda kuzga rejalashtirilgan gujumlarni (sada qayrog‘och) ekishga kirishildi.

«Nukus-Ucell»ning Nukus shahridagi hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan ushbu daraxtning 100 tup ko‘chati ekildi.

Bunda Nukus shahri hokimi O‘temurat Berdimuratovich Panayevning yordami beqiyos.

Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi katta agronomi Chingiz Najimov esa barcha gujum ko‘chatlari unib, yaqin atrofdagi daraxtlar kabi barq urishiga va’da qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring