Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Universitetga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Universitetga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaro I.J., J.X. va D.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.ni Qoraqalpoq Davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollari qiymatida 3 000 AQSh dollari va 20 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham oshirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovini to‘lash sharti bilan o‘qishga kirish imkoniyati yaratilgan.

Agarda o‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan bo‘lsangiz, oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Kirish imtixonlari bo‘yicha boshqa imtiyozlar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring