«Ular o‘zi nima uchun oylik olayapti?» — Prezident
Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
«Nima uchun ushbu yig‘ilishni o‘zim o‘tkazayapman? «Inson qadrini ulug‘lash» yilida har bir fuqaromizning xonadonida yaxshi yashashiga sharoit yaratishimiz zarur.
Bir narsani aniq tushunish kerak. Bir yilda O‘zbekistonda 10 milliard dollarlik elektr va gaz iste’mol qilinadi.
Agar buning 10 foizini iqtisod qilishni o‘rgansak, bu 1 milliard dollarni boshqa ehtiyojlar uchun sarflashimiz mumkin.
Hokim va vazirdan tortib, mahalla raisigacha barcha darajadagi rahbarlar bu masalaning qanchalik muhimligini tushunayaptimi, bu borada o‘zining mas’uliyatini his qilayaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi.
Qaysi vazir yoki uning o‘rinbosari hisob-kitob qilib, energiya sarfini qisqartirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatdi? Ular o‘zi nima uchun oylik olayapti?», — dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter