Ucell’da yong‘in xavfsizligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi (video)
Ucell kompaniyasining Toshkentdagi bosh ofisi binosida yong‘in xavfsizligi taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
«Jami 537 nafar xodim evakuatsiya qilindi. To‘qqiz daqiqa ichida barcha xodimlar inshootni tark etishga ulgurishdi va o‘z harakatlarini yo‘riqnoma asosida bajarishdi», deydi Ucell kompaniyasining yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Ibrat Yakubov.
Mashg‘ulotlarda xodimlarning favqulodda holatlarda tezkor harakatlanishi, yong‘inni o‘chirish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘niklamalari sinovdan o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter