Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm qo‘mitasi huzuridagi markaz direktori tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi

Turizm qo‘mitasi huzuridagi markaz direktori tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi

Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi DUK direktori Dilfuza Samandarova tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgani aniqlandi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumot berdi. Agentlik Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi direktori Dilfuza Samandarovaning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani haqidagi xabarni o‘rganib chiqdi.

Uning Avtoimkon trade MChJ ta’sischilaridan biri ekani tasdiqlangan. Samandarova Avtoimkon trade MChJning 50 foiz ulushiga egalik qiladi.

Dilfuza Samandarova 2023-yil sentyabr oyida Instagram sahifasida Toshkent shahar markazida joylashgan LBOS Jewellery kumush taqinchoqlar do‘koni asoschisi ekanligini bayon qilgan va ushbu do‘konning ijobiy xususiyatlarini reklama qilgan.

Antikorrutsiya agentligi holatni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mitaga taqdimnoma kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring