Turizm qo‘mitasi DXX Chegara qo‘shinlariga 300 million ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4-iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligining berilgan elektron kirish vizalarini identifikatsiya qilish maqsadida dasturiy ta’minotni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga beg‘araz moliyaviy yordam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 300 million so‘m ajratiladi.
2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning turli toifalariga qo‘shimcha viza rejimlari joriy qilinishi mumkin («Silk road» – Ipak yo‘li mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlar uchun boshqa mamlakatlar viza belgilarini tan olish imkoniyati bilan, «Vatandosh» – kelib chiqishi O‘zbekiston Respublikasidan bo‘lganlar va ularning oila a’zolariga – besh yillik viza, «Golden visa» – yirik xorijiy investorlar uchun – o‘n yillik viza);
Yo‘lovchilar to‘g‘risida oldindan ma’lumot olish tizimi ishga tushirilgach, O‘zbekistondan tranzit orqali o‘tadigan, vaqtincha bo‘ladigan va O‘zbekistondan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun yerdagi o‘tkazish punktlari orqali vizasiz kirish tartibi joriy qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter