Tramp jamoasi Zelenskiy bilan yashirincha muzokara o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari Oq uydagi tortishuvdan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi bilan yashirin muzokaralar o‘tkazgan.
Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Muloqotlarda ishtirok etgan amerikalik rasmiylar orasida AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog ham bor.
CNN manbalariga ko‘ra, uchrashuvlarda Donald Tramp vakillari “Oq uy bilan munosabatlarni tezda barqarorlashtirish zarurligini” ta’kidlab, Ukrainani AQSh prezidentining Kongressdagi chiqishidan oldin (bu bir kun avval bo‘lib o‘tgan) muzokaralarni davom ettirishga chaqirgan.
The Telegraph gazetasining yozishicha, Britaniya bosh vaziri Key Starmer AQShning Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yish rejalari haqida bilgach, u Vladimir Zelenskiyni “ortiga chekinishga va kechirim so‘rashga” ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. 4 mart kuni, Donald Trampning Kongressdagi chiqishidan sal oldin, Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida Oq uydagi mojarodan afsusda ekanligini bildirdi va Amerika prezidentining “kuchli rahbarligida” muzokaralar olib borishga tayyorligiga ishontirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter