Toshkentlik ota biryo‘la 800 mln so‘m aliment to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining qarzdor A.X.dan undiruvchi G.S. foydasiga 2016 yilda tug‘ilgan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
Unga asosan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va qarzdor bu haqida o‘z vaqtida xabardor qilingan.
MIB matbuot xizmatining xabar berishicha, qarzdor ota o‘zining otalik ma’suliyatini his qilgan holda 5 yashar farzandining kelajagi uchun aliment to‘lash tartibini o‘zgartirish uchun sudga murojaat qilgan.
Bunga ko‘ra, qarzdorning da’vo arizasi FIB Uchtepa tumanlararo sudining 04.06 2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qanoatlantirilgan.
Ma’suliyatli ota 2021 yildan to 2034 yilgacha, ya’ni farzandining 18 yoshigacha aliment pullarini oldindan to‘lov sifatida biryo‘la 800.000.000 so‘mni to‘liq to‘lab bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter