Toshkentga yana bir million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi

Bugun yurtimizga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu bo‘yicha SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bu ushbu vaksinaning yurtimizga keltirilgan 6-partiyasi bo‘lib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:
27 martda — 1 million doza,
27 aprelda — 1 million doza,
18 mayda — 1 million doza,
19 mayda — 500 ming doza,
10 iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 6,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.
Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 million dozasi keltirilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter