Navbat keldi. Toshkentda yosh oilalarga «Yoshlar» uylari topshirildi
Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan «Yoshlar» uyidagi xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yosh oilalarga topshirildi.
Bu uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga berildi.
Hozirgi kunga kelib, Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa, Bektemir, Mirobod va Chilonzor tumanlarida namunaviy loyiha asosida jami 10 ta uydan iborat 288 xonadonli «Yoshlar» uylari barpo etildi hamda yosh oilalarga topshirildi.
2017-yilda Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida har biri 192 xonadondan iborat bo‘lgan 10 ta uy barpo etildi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida barpo etilgan 2 ta 16 xonadonli «Yoshlar» uyi 32 nafar yosh oilaga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan foydalanishga topshirildi.
Tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari, keksa otaxon va onaxonlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi faollari qatnashdi.
Ushbu uylar barcha talablarga javob beradigan, yetarli qulayliklarga ega bo‘lib, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, telefon aloqasi hamda elektr energiyasi bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter