Toshkentda vaqtincha turish muddatim o‘tib ketdi. Endi nima bo‘ladi?..
Xabar berganimizdek, bugun, 15-aprel kuni AOKA shtabida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Akbarxon Yunusxo‘jayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Berilgan savollardan biri Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatda turish muddatini buzganlik haqida:
— Viloyatdan kelganman, Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxat muddati 2020 yil 25 mart kuni tugagan. Karantin tufayli muddatini uzaytira olmadim. Endilikda men Toshkent shahrida bo‘lish tizimini buzgan hisoblanamanmi?
JAVOB: Respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilingani munosabati bilan, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgani sababli karantin davrida vaqtinchalik ro‘yxat muddati tugaganligi — pasport tizimi qoidalarini buzganlik HISOBLANMAYDI.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter